9 yil, 500 dastur, Amerika Manzaralari/Exploring America 500 shows
2003 yilning dekabr oyida "Amerika Ovozi"da o'zbek tilida teledasturlar berishni boshlaganimizda sizni dunyoning bu qismidagi yangiliklardan boxabar qilib turishni, sizni Amerika bilan yaqindan tanishtirishni, AQSh sizning yurtingizga nisbatan qanday siyosat yuritayotganini tahlil qilib borishni maqsad qilgan edik. Oradan to'qqiz yil o'tdi. 24-dekabr kuni sizga "Amerika Manzaralari" ning 500-sonini taqdim etdik. Avvalroq aytganimdek, haftalik ko'rsatuvimiz orqali xonadoningizga kirib borayotganimiz biz uchun shahaf va baxt. Muqaddas kasbimiz bo'ynimizga yuksak mas'uliyat yuklaydi. To'qqiz yil qanchalik tez o'tib ketganini ochig'i sezmay qolibmiz. Bu davrda biz ham ko'rsatuv singari ulg'aydik, sizdek aziz muxlislarga ega bo'ldik. Ko'rsatuvlarimizni tayyorlash esa o'ziga xos, qiziqarli bir jarayon. Ijodiy guruhimiz butun kuchi va g'ayratini bag'ishlaydi. To'qqiz yillik mehnatni bir necha daqiqalik videoklipga jamlash oson emas. Lekin mana bu tasvirlar orqali dasturlarimiz, ijodiy guruhimiz va tashkilotimiz haqidagi tasavvuringiz biroz bo'lsa-da boyiydi degan umiddamiz.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Oktabr 09, 2024
Xalqaro hayot - 9-oktabr, 2024 - Livan va qochqinlar
-
Oktabr 09, 2024
Qozog'iston "Rosatom" uchun eshikni ochadimi?
-
Oktabr 08, 2024
Jangchilarning jasadlarini qidirayotgan ko’ngillilar
-
Oktabr 07, 2024
Xalqaro hayot - 7-oktabr, 2024 - G'azo urushiga bir yil to'ldi
-
Oktabr 07, 2024
Real O'zbekiston: Saylov Oliy Majlisni qanchalik yangilaydi?