Gruziya fuqarolari Yevropaga vizasiz safar qildi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

សិស្ស​និស្សិត​ត្រូវ​បាន​នាំ​ចេញ​ពី​វិទ្យាល័យ Saugus បន្ទាប់​ពី​មាន​សេចក្ដី​រាយការណ៍​ថា មាន​ការ​បាញ់​ប្រហារ​នៅ​​ទីក្រុង Santa Clarita រដ្ឋ កាលីហ្វ័រញ៉ា។

Gruziya fuqarolari bundan buyon Yevropaning 30 davlatiga vizasiz safar qila oladi. Yevropa Parlamenti ko'pchilik ovoz bilan shuni ma'qulladi.

Gruziya uzoq kutgan orzusiga yetdi. Bu yurt fuqarolari Shengen zonasi mamlakatlariga endi viza olmay borib kela oladi.

Bu yangilikni Gruziya katta shodiyona bilan qarshi oldi. Sharqiy Yevropadagi bu o'lka, ikki mintaqasi Rossiya qo'liga o'tgan bir paytda Yevropa Ittifoqiga a'zolikdan umidvor.

Fuqarolar Shengen zonasida 90 kun bemalol yurishlari mumkin.

Yevropa Ittifoqining bu qarori Yevropa bilan yaqinlashuv tarafdori bo'lgan rasmiylar va faollar tomonidan muhim geosiyosiy yutuq deya ta'riflanayapti.