AQSh Gonkong bilan iqtisodiy aloqalarni qayta ko’rib chiqmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Xitoyning Gonkong avtonomiyasini cheklash rejasini keskin tanqid qilmoqda. Davlat kotibi Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, Gongkong bilan imtiyozli savdo shartlari bekor qilinadi.

Gongkongda xavfsizlikka doir yangi qonunlarni joriy etish rezolyutsiyasi Xitoy parlamentida ovozdan o’tdi.

Pekinga ko’ra, maqsad - bo’lginchilik, qo’poruvchilik, terrorizm va xorijiy aralashuvning oldini olish. Tanqidchilar fikricha esa yangi qonun taklifi Xitoy Prezidenti Si Zinpinni qoralab chiqqan tinch namoyishlarni bostirishga qaratilgan.

Buni ham ko'ring Xitoy Gonkongda xavfsizlikka doir qonun joriy etmoqchi

“Xavfsizlik to’g’risidagi qonunga yo’q deymiz, chunki u Gongkongni yo’q qiladi, bizni so’z erkinligidan mahrum qiladi”, - deydi gonkonglik Juli Li.

Bu masalada Gongkong xalqi tomonidamiz, deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Morgan Ortegus.

“Xitoy Kommunistik partiyasi xalqaro hamjamiyatga bergan yana bir va’dasini buzayotganiga guvohmiz. Bu achinarli. AQSh, Avstraliya, Kanada va boshqa davlatlar qo’shma bayonot bilan chiqdi. Bu dunyo bo’ylab erkinlikni sevadigan odamlarga qarshi zarba”, - deydi u.

Gonkong, qush ko'zi bilan qaraganda

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi ham Xitoy rahbarlarini tanqid qilmoqda.

“Xitoy hukumati surbetlarcha harakat qilayapti. Gonkong Xitoy uchun foydali bo’lgan savdo va tijoriy faoliyatning muhim qismidir. Ular bu faoliyat davom etishini istaydi, deb o’ylagandik. Lekin Prezident Zinpin juda zolim rahbar”, - deydi Pelosi.

Agar yangi qonun kuchga kirsa, Gonkongda fuqarolar oddiy xatti-harakatlar uchun ham ta’qibga uchrashi mumkin.

Buni ham ko'ring Gonkong xalqaro moliyaviy markaz maqomini saqlab qoladimi?

“Masalan, Xitoy hukumatini, Kommunistik partiyani tanqid qilish fitna deb ko’rilishi, odamlar qamoqqa tushishi mumkin bo’ladi. Qonun ustuvorligini masxara qilish bu”, - deydi tahlilchi Mayk Gonzalez.

AQSh Gonkong uchun yetakchi savdo sherik va to’g’ridan-to’g’ri sarmoya manbaidir.

Mutaxassislar fikricha, Vashington bu hududni avtonom emas deb ko’rishi savdo bobida berilgan ko’p yillik imtiyozlar bekor qilinishiga, sarmoya kamayishiga olib keladi. Prezident Trampning aytishicha, Gongong erkin, farovon jamiyat edi, endi esa Xitoy xavfsizlik apparati bu yerga ham kirib kelmoqda.