Insoniyatning samodagi ilk teleskopi 30 yoshda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

O’tgan hafta Qozog’istondagi kosmodromdan Rossiya raketasi qariyb 3 tonna oziq-ovqat va jihozlar bilan osmonga ko’tarildi. 3,5 soatdan so’ng yuk kemasi Xalqaro fazo stansiyasiga yetib bordi va u yerda dekabrgacha qolishi rejalangan.

Bu orada, Xabbl teleskopi orbitaga uchirilganiga 30 yil to’ldi.

Buni ham ko'ring Samodagi manzara

Insoniyatning samodagi ilk teleskopi o’nlab yildan buyon tasvirlar uzatib kelmoqda. Uning asl oq-qora kamerasi qizil, ko’k va yashil ranglarda suratga olish uchun filtr bilan jihozlangan.

Ularni birlashtirib, rangli tasvirlar yaratyapmiz, deydi astrofizik Pol Gerts.

“Xabbl yordami bilan astronomiya va astrofizikada kashfiyotlar qildik. Borliq haqidagi tasavvurimiz o’zgardi. Koinot 13,8 milliard yoshda ekanini aniqladik”, - deydi u.

Teleskop besh marta remontdan o’tgan. 2005-yilda Xabbl Qisqichbaqa tumanligi tasvirini uzatgan edi. Pol Gerts teleskop olgan rasmlar Yerda hayotni o’zgartirganini aytadi.

Buni ham ko'ring Yangi teleskop

“Xabbl tasvirlarini yaxshiroq tahlil qilish uchun astronomlar yaratgan dasturiy ta’minot hozirda tomografiyada va o’smalarni qidirishda qo’l kelmoqda”, - deydi olim.

Xabbl 1990-yilda besh yilga mo’jallangan edi, biroq ta’mirlab kelinayotgani bois yana bir necha yil xizmat qilishi kutilyapti.

Koronavirus tufayli hozirda teleskop operatorlari uni uylaridan turib boshqarmoqda.