Hindistonda fotojurnalist ayol jinsiy tajovuzga uchragan

  • Amerika Ovozi

Mamlakat bo'ylab namoyishlar... Jinsiy tajovuz qilganlarga qarshi jazoni kuchaytirish, adliya tizimini isloh qilish talab qilinmoqda

Hindistonda fotojurnalist ayol bir to’da tomonidan zo’rlangan. Ikki kishi qamoqqa olingan. Yana uch kishi qidiruvda.

O’tgan bir yildan beri bu mamlakatda xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo’ravonlik xalqaro miqyosda yoritiladigan yangilikka aylandi.

So’nggi voqea Mumbayda yuz bergan. Eski fabrikani kezib, suratga olayotgan juvonga besh erkak hujum qilgan. Jurnalistning erkak hamrohi bog’lab qo’yilgan va uning ko’zi oldida tajovuz qilingan.

Jabrlanuvchi 20 yoshlarda ekani aytilmoqda, hozirda kasalxonada.

Yuqoridagi kabi holatlar keng tarqalganini tan olgan hukumat mamlakat bo’ylab jinsiy zo’ravonlikka qarshi kurash e’lon qilingan.

Lekin jinoyatchilar tutilsa ko’p hollarda qo’yib yuboriladi va sud jarayonlari adolatga yetaklamaydi. Adliya tizimini ham isloh qilish kerak, deydi huquq himoyachilari.