"Islomiy davlat" qadim Nimrud shahrini yakson qilayapti

  • Amerika Ovozi

Iroqlik ishchilar Nimrud shahridagi arxeologik manzilga qarayapti. 2001-yilgi surat.

"Islomiy davlat" jangari guruhi Iroq shimolidagi qadim shahar Nimrudni yer bilan yakson qilishga kirishgan. BMTning madaniy merosni himoya qiluvchi idorasi buni keskin tanqid qilmoqda va harbiy jinoyatlarga qiyoslayapti.

UNESCO Iroq tarixiy merosini himoya qilish, madaniy obidalarni tarqalib ketishining oldini olish uchun qo'ldan kelgan barcha choralarni ko'rmoqchi. Bu obidalar sotilib, terrorizmni moliyalashda qo'l kelishiga yo'l qo'ymaymiz, deydi BMT vakili Irnia Bokova.

Jangarilar payshanba kuni Nimrud shahrini buldozerda yer bilan bitta qilishga kirishgan.

Iroq Turizm vazirligi jangarilarning xatti-hakaratini qoralayapti va xalqaro hamjamiyatdan yordam so'rayapti.

Iroqlik arxeolog Abdulamir Hamdaniyning aytishicha, "Islomiy davlat"ning maqsadi ayon; jangarilar Iroqning obidalarini bitta qo'ymay yo'q qilmoqchi.

Nimrud Ossuriylar davrining durdonasi hisoblanadi va Furot hamda Dajla daryolarining o'rtasida uch ming yil oldin vujudga kelgan. Nimruddan bir necha kilometr narida, Mosul shahrida ham jangarilar bebaho me'moriy obidalar, san'at asarlarini vayron qila boshlagan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" moliya va kuchni qayerdan olmoqda? The rise of ISIS

Suriya urushi me'moriy obidalarni yakson qilayapti

Halabning durdonasi, Al-Madina bozori alanga ichida