Jangarilar iroqlik 16 chegarachini o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" jangari guruhi Suriya bilan chegara yonida iroqlik kamida 16 chegarachini o'ldirgan.

Anbar viloyatining g'arbidagi al-Valid harbiy punktiga hujumda yana to'rt askar jarohatlangan. "Islomiy davlat" jangarilaridan qanchasi o'lgani ma'lum emas.

Hujumga qaramasdan, Iroq rasmiylarining aytishicha, armiya hanuz al-Validni qo'ldan boy bermagan. Hudud Bag'doddan 500 kilometr g'arbroqda, Suriya, Iordaniya va Iroq chegaralari kesishgan yerda joylashgan.

"Islomiy davlat" Anbarni 2014-yilning boshidan beri nazorat qiladi. Jangarilar Iroq va Suriyada katta shaharlarda o'rnashib olgan. Iroq armiyasi Amerika boshliq koalitsiya yordamida ayrim manzillarni qaytatib olishga muvaffaq bo'ldi.

BMTning hisob-kitobiga ko'ra, Iroqda noyabr boshidan beri kamida 1200 odam o'lib, 2400 dan ziyod kishi jarohatlangan. Kurd va Iroq askarlari safida talofatlar qariyb 300 kishi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat" moliya va kuchni qayerdan olmoqda? The rise of ISIS