Falastin sulhga tayyor, Isroil yo'q

  • Amerika Ovozi

Falastinlik bolalar

Misr Falastin va Isroilni sulhni yangilashga chaqirmoqda. Falastinlik muzokarachilar yangi uch kunlik sulhga rozi ekanini bildirgan. Biroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga ko’ra, HAMAS uning mamlakatiga qarshi raketa hujumlarini to’xtatmaguncha Isroil muloqotda qatnashmaydi.

"Isroil o’q ovozlari ostida muzokara qilmaydi. Biz fuqarolarimiz tinchini ta’minlash uchun barcha choralarni ko’ramiz", - deydi Netanyaxu.

Isroil muzokarachilari Qohirani juma kuni tark etgan. Birinchi uch kunlik sulh tugab, tomonlar yangisiga kelisha olmagach, HAMAS va Isroil hujumlarni davom ettirgan.

Bugun yahudiy askarlari G’arbiy Sohilda 11 yashar bolani otib o’ldirgan. So’nggi ixtilofda esa bir oyda G’azo Sektorida 1900 falastinlik nobud bo’lgan, asosan oddiy odamlar.