Sulhddan boshqa yo'l yo'q, ammo Isroil va XAMAS murosadan yiroq

  • Amerika Ovozi

G'azo, 18-avgust, 2014

HAMAS va Isroil sulhni uzaytirishga majbur, deydi Falastin bosh muzokarachisi A’zam al-Ahmad, aks holda G’azoda insoniyat inqirozi yanada chuqurlashadi.

“Biz bir kunlik sulhga erishdik xolos. Ertaga yana yangi sulh haqida gaplashishimiz kerak. Har bir daqiqa g’animat. Urushga qarshimiz”,- deydi rasmiy.

Isroil XAMAS bir nojo’ya qadam qo’ysa, hujumlar boshlanadi, deya ogohlantirmoqda.

Tomonlar uzoq muddatli sulhdan juda yiroq. O’zaro talablarni qondirish uchun iroda yo’q. Misr vositachilik qilmoqda, chunki Isroil XAMAS bilan yuzma-yuz gaplashishni istamaydi.

Yahudiy davlat talabi shuki, XAMAS qurolni tashlashi va chegara osha hujumlarni bas qilishi kerak. XAMAS esa Isroil G’azo qamalini tugatishi shart deydi. Sakkiz yildirki, G’azo blokada ostida.

8-iyulda boshlangan urushda hozirgacha ikki mingga yaqin arab o’ldi. Isroil tomon 67 odam yo’qotgan.