Yaponiya Yaqin Sharqqa 2,5 milliard dollarlik yordam va'da qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe Qohirada Misr Bosh vaziri Ibrohim Mahlab bilan, 17-yanvar, 2014

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe Misr va qo'shni davlatlarga safar qilar ekan, Yaqin Sharqqa no-harbiy yordam ko'rsatilishini e'lon qildi. 2,5 milliard dollar ajratilmoqda.

"Islomiy davlat" barbod qilgan jamiyatlarga yana 200 million dollar miqdorida ko'mak uzatilishi haqida gap ketmoqda.

"Insonparvarlik yordami, infrastrukturani tiklash, taraqqiyot, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirish uchun madadni ayamaymiz",- deydi Abe Qohirada so'zlar ekan.

"Dunyoning terrorizm va ommaviy qirg'in qurollariga boy bera olmaymiz",- deydi Yaponiya rahbari.

Shinzo Abe Iordaniya, Isroil va Falastinda ham bo'ladi.