Janubiy Koreya va Yaponiya yarashdi

  • Amerika Ovozi

Pak Gin Xe va Shinzo Abe bugun, dushanba kuni Seuldagi sammitda ana shu haqda gaplashdi. Abe 2012-yilda, Pak xonim 2013-yilda hukumatga kelgan bo'lsa, Prezident Pak koreys ayollari tadiqiri uchun kechirim so'ralmaguncha Abe bilan ko'rishishdan bosh tortib kelayotgan edi.

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Gin Xe va Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bir necha o'n yillik bahsli mavzu - 20-asr birinchi yarmida yapon istilosi davrida koreys ayollarining fohishalikka majbur qilingani yuzasidan tortishuvni murosa yo'li bilan hal qilishga kelishdi.

Bu xotin-qizlarning xor qilinishi masalasini kelajak avlodlarga meros qilib qoldirmaslik kerak. Avlodlarga kelishib ishlay olishi uchun qulay muhit yarataylik, dedi Shinzo Abe.

Pak Gin Xe va Shinzo Abe bugun, dushanba kuni Seuldagi sammitda ana shu haqda gaplashdi. Abe 2012-yilda, Pak xonim 2013-yilda hukumatga kelgan bo'lsa, Prezident Pak koreys ayollari tadiqiri uchun kechirim so'ralmaguncha Abe bilan ko'rishishdan bosh tortib kelayotgan edi.

1910-1945-yillar davomida Yaponiya imperiyasi Koreyani istilo qilgan, bu yillarda koreys xotin-qizlari yapon askarlari uchun fohishalik qilishga majbur etilgan.

Bugungi uchrashuvni Qo'shma Shtatlar uzoq paytdan beri rag'batlantirib keladi. Vashingtonning ittifoqchilari bo'lgan Seul va Tokio o'zaro kelishsa, tobora tahdidli harakat qilib kelayotgan Xitoyga va Shimoliy Koreyaga qarshi turib berish osonroq bo'ladi, deydi Amerika tomoni.

Bu orada, Seulda Abening tashirifiga qarshi norozilik namoyishlari o'tmoqda.

Pak Gin Xe va Shinzo Abe muloqoti. Seul, 2-noyabr, 2015-yil.