AQShda Libertarian partiya prezidentlikka nomzodini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Gari Jonson - Libertarian partiyasidan prezidenltikka nomzod

AQShning Orlando shahrida o’tgan Libertarian partiyaning qurultoyida prezidentlikka rasmiy nomzod e’lon qilindi. Partiya bu gal ham 63 yashar Geri Jonsonga ishonch bildirdi. Jonson 2012-yil saylovida ham qatnashgan.

Uchinchi partiyadan nomzod saylovda g’alaba qozona olmasa-da, u odatda demokrat yoki respublikachi nomzod ovozlarini olib qo’yib, yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.

Geri Jonson 2003-yilgacha Respublikachilar partiyasidan Nyu-Meksiko shtatida sakkiz yil gubernator bo’lgan. U Libertarian partiyadan prezidentlikka da’vogar 18 kishining orasidan tanlandi.

So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, saylovlar bugun o’tkazilsa, Jonson 10 foiz ovoz olgan bo’lardi.