Hamid Karzay fikricha Tolibon bilan gaplashishdan naf yo’q

  • Amerika Ovozi

Olympic Stadium (Photo: London 2012)

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay fikricha, Burhoniddin Rabboniy o’limidan xulosa qilish kerak va Tolibon bilan murosa qidirishdan foyda yo’q.

Pokiston bilan gaplashib, ko’proq natijaga erishamiz, deydi u. Burhoniddin Rabboniy uyida toliblar bilan muzokara paytida, portlash natijasida o’lgan edi.

Karzay ma’muriyati kelasi hafta Tolibon bilan rejalangan uchrashuvni bekor qilgani ma’lum. “Biz tinchlik taklif qilsak, jangarilar din ahli, qabila arboblari, ayollar, bolalar, keksalar va yoshlarni o’ldirish bilan javob berdi”, - deydi Hamid Karzay.

Shuningdek, Afg’oniston razvedkasi sobiq prezident, marhum Burhoniddin Rabboniy hayotiga uyushtirilgan suiqasd Pokistonda rejalangani haqida isbot-dalil topgan. Hujjatlar Pokistonga taqdim etilgan.

Afg’oniston razvedkasi sentabr oyida ro’y bergan xuruj yuzasidan bir necha kishini hibsga olib, so’roq qilgan edi. Ular jinoyatni toliblarga bog’lagani aytiladi. Biroq Tolibon voqeaga aloqasi yo’qligini ta’kidlab keladi.

Jangarilar bilan tinchlik izlagan Burhoniddin Rabboniy o’tgan oy Kobuldagi uyida, suiqasd xuruji paytida o’ldi.