Kerri Saudiya Arabistoni qiroli bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

Riyod, 18-dekabr, 2016-yil

Amerika bosh diplomati, Davlat kotibi Jon Kerri Riyodga safar qilib, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan muloqot qilgan. Uchrashuvda shahzodalar va vazirlar ham ishtirok etgan.

Bu Kerrining AQSh tashqi ishlar vaziri sifatida Riyodga so'nggi safari ekani aytilmoqda. Maqsad oradagi muhim masalalarni gaplashib olish, fikr almashish bo'lgan. Shuningdek, Yamandagi havo hujumlari muhokama qilingan. Saudiya Arabistoni bu mamlakatda shia jangarilarga qarshi kurashni davom ettirib, sunniy rahbariyatni himoya qilmoqda. Vashington siyosiy murosa tarafdori, lekin muzokara to'xtab qolgan.

Yamanda shia guruh hukumatni 2014-yilda qo'lga olgan edi. Keyinchalik hokimiyat yana sunniy rahbar qo'liga qaytgan. Lekin vaziyat qaltis. Boshqaruv zaif.

2015-yilning martida Saudiya Arabistoni Fors ko'rfazi davlatlari bilan hamkorlikda ularga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. Amaliyotda yuzlab begunoh fuqarolar ham halok bo'lgan.

Kerri Saudiya Arabistonini arab va musulmon dunyosidagi eng yaqin hamkor deb ataydi.

Video (inglizcha)

Your browser doesn’t support HTML5

Secretary of State Kerry on US-Saudi Arabia Relations

Video (inglizcha)

Your browser doesn’t support HTML5

Kerry on Finding Path to Peace in Yemen