Afg'oniston shimolida kasalxona hujumga uchradi, 16 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston shimolidagi Qunduz shahrida Chegara bilmas shifokorlar xalqaro tashkiloti yuritadigan kasalxona hujumga uchrab, 16 kishi halok bo'lgan, jumladan, bemorlar va shifokorlar.

AQSh samolyotlari kechqurun soat 2:15 larda bu hududdagi jangari manzillarini o'qqa tutgan, klinikaga ham bomba tushgan bo'lishi mumkin, deya tan oladi harbiylar. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.

Chegara bilmas shifokorlar guruhi AQSh va Afg'oniston harbiylarini kasalxonaning joylashuvi haqida oldindan xabardor qilgani ma'lum. Hujum paytida u yerda 105 bemor va 80 dan oshiq xorijiy va mahalliy shikofokorlar ishlayotgan bo'lgan.

Hafta boshida Qunduzni toliblar bosib olgan edi. AQSh va afg'on qo'shinlari ishtirokida shaharni qaytarib olish uchun janglar ketmoqda.

Xayriya tashkilotlari kasalxonaga hujumni keskin qoraladi.