O’shda qurilgan yangi binolar kimga yoqmadi?

  • Amerika Ovozi

O’shda qurilgan yangi binolar kimga yoqmadi?

O’shda uylarini tiklayotgan fuqarolarga mahalliy idoradan xat kelgan. Unda aytilishicha, yangi barpo etilgan binolarda qurilish normalari buzilgan.

Uy egalaridan kamchiliklarni joriy yilning 1 mayiga qadar bartaraf etish talab qilinmoqda. Janubiy Qirg’izistondagi o’tgan yilgi notinchliklar paytida minglab uylar vayron bo’lgan.

Aholi uchun ikki xonali vaqtinchalik turar joy bunyod etilgan bo’lib, ularning aksariyati uchun xalqaro tashkilotlar moliya ajratgan.

Ammo O’sh shahar hokimiyati ushbu uylarning yarmidan ko’pi bosh planga javob bermasligini ta’kidlamoqda.

Mer Melis Mirzakmatov qurilishga ruxsat bergan idoralar ishini qayta ko’rib chiqish kerak degan.

O’sh rahbariyati avvaldan bu mahallalar o’rnida ko’p qavatli mavze barpo etishni rejalab kelayotgan edi.

“Amerika ovozi” hokimiyatdan ogohlantirish olgan fuqarolardan biri bilan suhbatda bo’ldi.