Vashington choyxonasi: Lotin va kirill atrofidagi bahslar

  • Amerika Ovozi

Lotinmi yoki kirill? So'nggi haftalarda O'zbekistonda shu mavzu eng katta bahs mavzusi bo'ldi.

Toshkentda "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri, adabiyotshunos Shuhrat Rizayev Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat shaklida bir maqola chop etdi. Unda lotin alifbosi o'zbek tili tabiatiga mos kelmasligi, kirilchani asosiy alifbo sifatida olib, lotin yozuvini ikkinchi yozuv sifatida qoldirish taklif etilgan.

Shundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oyoqqa turib, bu da'voni keskin rad etishga tushdi. Ilmiy doiralarda ham, mutaxassislar orasida ham bahs-munozaralar kechdi.

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida biz ham shu mavzuni tahlil qildik. Nega shu paytgacha lotin yozuvi to'liq tatbiq etilmadi? Bugungi kunga kelib bu bahslarning paydo bo'lishi sababi nimada? Kirillni tanlash kerakmi yoki lotinda qolish kerakmi?

Suhbatimizda shu savollarni muhokama qildik. Quyida uni tomosha qiling.