"Ozodlik" haykali qad ko'targaniga 125 yil bo'ldi

  • Amerika Ovozi

"Ozodlik" haykali qad ko'targaniga 125 yil bo'ldi

“Ozodlik “ haykali, Amerika darvozasi deya tanilgan Nyu-Yorkning ajralmas qismi bo’lmish ma’buda, 125 yoshga to’ldi.

XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida bu mamlakatga kelgan muhojirlar aynan mana shu haykal yonidagi immigratsiya qabulxonasidan o’tgan.

"Ozodlik" haykali qad ko'targaniga 125 yil bo'ldi

Mash’al ko’tarib turgan ayol timsolidagi bu haykalning toji bugun zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan. U yerga o’rnatilgan video kameralar nafaqat atrofni kuzatuvchi vositalar, balki go’zal manzarani tasvirga olib butun dunyoni undan bahramand qiladigan apparatlardir.

Kelasi bir yil bu haykal sayyohlarga yopiladi, chunki ta’mirlash ishlari boshlanmoqda.

"Ozodlik" haykali qad ko'targaniga 125 yil bo'ldi

“Ozodlik” ma’budasi aslida Fransiyadan Amerika xalqiga do’stona sovg’a. 1886-yilning 28-oktabridan beri qad ko’tarib turibdi.

Uni Frederik Bartoldi ishlagan va “Libertas” deb nom bergan. “Libertas” qadim rimliklarning xudolaridan biri bo’lib, erkinlik, hurlik va tenglik timsolidir.

Har yili uni yaqindan ko’rishga butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.

http://www.youtube.com/embed/DQ0MOxsxHyg

http://www.youtube.com/embed/PMxTXaVNNGE