Liviyada parlament binosiga hujum

  • Amerika Ovozi

General Xalifa Xafterning qo'li ostidagi jangchilar musulmon deputatlarni qidirib kirgani ma'lum.

Isyonkor general Xalifa Xafterga sodiq kuchlar hamlasi paytida binoda hech kim bo'lmagan. General hukumatni diniy guruhlarga ko'p vakolat berganlikda ayblaydi.
Liviyada parlament binosi hujumga uchradi. Isyonkor general Xalifa Xafterga sodiq kuchlar hamlasi paytida binoda hech kim bo'lmagan.

Xafterning qo'li ostidagi jangchilar musulmon deputatlarni qidirib kirgani ma'lum.

Bugun sal oldin Bing’ozi shahrida ham general Xafterning kuchlari va islomiy jangarilar o’rtasidagi to’qnashuv 24 kishini hayotdan olib ketgan edi. Yaradorlar bir necha o’n kishi.
Voqea sababli shaharda aeroport vaqtincha yopilgan.

Xalifa Xafterga sodiq kuchlar jangarilar bazasiga hujum qilgani aytiladi. General Liviya hukumatini diniy guruhlarga ortiqcha vakolat berganlikda ayblab tanqid qiladi. Uning nazarida Liviyaning asosiy bosho'g'rog'i aynan parlamentdir.

Parlament islomiy va dunyoviy guruhlar o'rtasida talash. Taraflar yangi hukumat tarkibi ustida murosa qilolmayapti. Generalning izdoshlari hukumatni sustkashlikda ayblab qoralar ekan, Xafterni Tripolidagi hujumlarga zo'r berishga undagan.

Muvaqqat bosh vazir Abdulla al-Taniy so’zlariga ko’ra, isyonkor generalning zobitlari hukumat ruxsatisiz harakat qilayapti.

Al-Taniy barcha jangovar guruhlarni bosiqlikka chaqirmoqda.

Muammar Qaddafiy 2011-yilda davlat tepasidan ag'darilganidan beri Liviya beqaror va mayda jangchi guruhlar tomonidan nazorat qilinadi.