Din

Yaqin Sharqdagi nasroniylar taqdiriga e’tibor kam, deydi faollar

  • Amerika Ovozi
Arab bahori deb nomlangan qo’zg’olonlar ketidan Yaqin Sharqda nasroniylarga qarshi hujumlar ko’paygan. Imkoni borlar uy-joyini tashlab, ko’chib ketayapti. AQShdagi diniy yetakchilar prezident Barak Obamadan chora ko’rishni so’ramoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Yaqin Sharqdagi nasroniylar taqdiriga e’tibor kam, deydi faollar/Shohruh Hamro


O’tgan yili Misr poytaxti Qohirada Musulmon Birodarlar namoyishi qonli tarzda bostirilgani xalqaro tanqidlarga sabab bo’lgan edi. Bu voqeadan so’ng cherkovlar hujumga uchragani e’tibordan chetda qoldi.

Iroqda 1,5 million nasroniy yashaydi, Suriyada esa ular aholining taxminan 10 foizi. O’tgan oy Maalula shahrida 13 rohiba o’g’irlanib, keyinchalik qo’yib yuborilgan.

Yaqin Sharqda nasroniylarga nisbatan ta’qiblar masalasi yaqinda Amerika Kongressida muhokama etildi.

Respublikachi qonunchi Kristofer Smit Misrdagi ahvol haqida shunday deydi:

“U yerda diniy ozchilikdagi guruhlar, xususan nasroniy-koptlarga nisbatan qabih jinoyatlar sodir etilganini bilamiz. Obama ma’muriyati ham, ommaviy axborot vositalari ham bunga yetarli e’tibor berishmayapti”.

Yil boshida prezident Obama Oq uyda dasturxon yozib, ulamolarni taklif etdi.

“Pokistondagi Ahmadiya musulmonlari bo’ladimi, Eronda bahaylar bo’ladimi yoki Misrdagi koptlar bo’ladimi, o’z fuqarosini qadrlamagan, haq-huquqini kafolatlay olmagan jamiyat oldinga siljimaydi”, - deydi Obama.

“Prezident shunday kuchli bayonot bilan chiqqanidan quvongan edik”, - deydi diniy lobbichi Jeff King. “Ammo biror konkret ish qilinmadi”.

Uning da’vo qilishicha, Oq uy gomoseksual insonlar huquqi haqida ko’proq qayg’uradi.

Masalan, deydi King, Obam Saudiya Arabistoniga safari chog’ida diskriminatsiya haqida og’iz ochgani ham yo’q. Bu davlatda cherkovlar man etilgan.

Davlat departamentida uzoq yillar ishlagan Dennis Ross deydiki, AQSh tashqi siyosatida ozchilikdagi guruhlar allaqachon prioritet deb belgilangan, ammo nasroniylar taqdiri ehtimol alohida e’tiborga molik.