Mursiy Misr harbiy rahbarini sudga bermoqchi

  • Amerika Ovozi

Misr prezidenti Muhammad Mursiy tarafdori

Misrning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Muhammad Mursiyning aytishicha, u lavozimiga qaytib, davlat to’ntarishiga mas’ul odamlar jazolanmaguncha, mamlakatda tinchlik qaror topmaydi.

Mursiyning advokatlari uning nomidan yozilgan xatni o’qib eshittirar ekan, unda Mursiy tarafdorlari olqishlanib, harbiylar rahbari general Abdul Fattoh al-Sissiy davlat to’ntarishining boshida turganlikda va xiyonatda ayblanadi.

Mursiy Sissiyni sudga berib, uning qarorlarini bekor qilishni talab qilishi kutilmoqda.

Muvaqqat hukumat Mursiyni o’tgan yil dekabr oyida prezident saroyi oldida to’plangan namoyishchilarni o’qqa tutishga buyurganlikda ayblamoqda.

Sud 8-yanvar kuni ishini davom ettiradi. Aybdor deb topilsa, Mursiy o’limga mahkum etilishi mumkin.