Jahon ahli yangi yilni kutib oldi

  • Amerika Ovozi
Jahon ahli yangi 2013-yilni qarshi oldi. Qo’shma Shtatlar bu kunni oxirgilardan bo’lib bayram qilar ekan, Nyu-Yorkda dabdabali marosim o’tdi.

Gretsiya, Moskva, Londonda rango-rang mushakbozlik ko’kni yoritdi, kuy-qo’shiqlar yangradi.

Dunyoga eshiklarini ochgan Birmaning yirik shahri Yangonda so’nggi 10 yilda ilk bor keng ko’lamli tantanalar o’tdi. Bu yurtda uzoq yillar hukmron harbiy xunta ommaviy yig’inlarni man qilib kelgan edi.

Hindistonda esa aksariyat bayram tantanalari tor doirada o’tgan yoki umuman bekor qilingan.

Jamoatchilik shu tariqa Dehlida bir necha kishi tomonidan vahshiyona zo’rlanib, nobud bo’lgan ayolni xotirlayapti. Voqea butun davlatni dahshatga solgan.