Nyu-Yorkda saylov oldidan himoya kuchaygan

  • Amerika Ovozi

Nyu-York ko'chalarida

Nyu-York shahar rasmiylari xavfsizlik xizmati bilan yelkama-yelka ishlab, saylov kuni tartibni ta'minlash niyatida. Shaharda seshanba, 8-noyabr kuni har ikki yirik partiyadan nomzodning tadbirlari o'tadi.

Ikki yirik nomzod saylov kuni o'z qarorgohlarini bir shaharda joylashi kamdan-kam uchraydigan holat. Nyu-York bu galgi shov-shuvli, bahsli, keskin saylov mavsumi yakunida ana shunday maydon ro'lini o'tamoqda.

Saylov uchastkalarida saylovchilarga do'q-po'pisa qilinadi degan xavotir kuchli va Trampning ayrim tarafdorlari u g'alaba qilmasa, g'alayon ko'tarishini aytib keladi.

Shu bilan birga, al-Qoida shu kuni xuruj rejalayotgani haqida razvedka ogohlantirmoqda. Nyu-York rasmiylari bu xavotilarni jiddiy qabul qilib, ehtiyot choralari ko'rayapti. Mer Bill de Blazio shahar saylov kuniga nihoyatda puxta tayyorgarlik ko'rganini aytadi.

Nyu-Yorkdagi "Hilton" mehmonxonasida Tramp va uning komandasi joylashib olgan. Saylov arafasida bu yer jim-jit.

Manxettendagi Javits markazi Klintonning qarorgohi vazifasini o'tamoqda.