Liviyadagi hujumda o'lgan diplomatlar jasadi vatanga yetib keldi

  • Amerika Ovozi
Prezident Barak Obamaning aytishicha, AQSh o'z elchixona va diplomatlarini xavfdan himoya uchun qo'ldan kelgan barcha chorani ko'radi.

Obama joriy hafta Liviyadagi hujumda o'lgan to'rt amerikalikning jasadi qarshilar ekan, Amerika og'ir damlarni boshdan kechirmoqda, dedi.

Biroq insoniyat taraqqiyoti va xalqlar ozodligi yo'lida kurashdan qaytmaymiz, deydi prezident.

Davlat kotibasi Xillari Klinton va vitse-prezident Jo Bayden ham juma kuni Merilend shtatidagi Endryus havo bazasida o'tgan xotira marosimida ishtirok etdi.

12-sentabr kuni Bing'ozidagi vakolatxonaga qilingan qonli hujumda AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo'ldi.

Muhammad payg'ambarni haqoratlovchi filmdan g'azablanib, konsullikka bostirib kirgan odamlar binoga o't qo'yib, uni talon-taroj qilgan.

Klinton, AQSh bosh diplomati, deydiki, internetga qo'yilgan "ayanchli, betayin va nafratomuz" film bu davlat siyosati yoki xalqi fikrini aks ettirmaydi.

Prezident Obama ham shunga urg'u bermoqda. Misr va Yamandagi elchixonalarga qilingan hujumlarni qoralar ekan, Amerika rahbari diniy erkinlik uzviy huquq deydi.

Birovning e'tiqodini oyoq osti qilishga hech kimning haqqi yo'q, ammo bu qonli xurujlarga asos bo'la olmaydi, deya qo'shadi u.

Qo'shma Shtatlar hujumlarni jangarilar sodir etgani haqidagi gumonni tergov qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Liviyadagi fojia, Obama nima deydi?/US Libya