Obama Dalay Lama bilan uchrashdi, Xitoy norozi

  • Amerika Ovozi

Obama Dalay Lama bilan uchrashdi, Xitoy norozi

Bugun Oq Uyda prezident Barak Obama Tibet diniy rahnamosi, buddistlar yetakchisi Dalay Lama bilan ko’rishar ekan, Xitoy buni keskin qoralamoqda.

Tibet Xitoyning ajralmas bir qismi va bu viloyatdan chiqqan dindorni qabul qilish bilan Amerika rahbari mamlakatimizning ichki ishlariga aralashmoqda, deydi Pekin rasmiylari.

Oq Uy esa bunga qisqagina qilib, Obamaning istagan odam, xususan Tibet xalqining ma’naviy yetakchisi bilan uchrashishga haqqi bor deb javob bermoqda.

Tibetda Xitoy hukumatiga nisbatan qarshilik kuchli va rasmiy Pekin nazarida Dalay Lama xalqini alohida davlat tuzishini istaydi.

Dalay Lama bu ayblovni inkor etib, “biz erkin va osoyishta hayot istaymiz xolos” deydi.

Obama Tibet xalqi urf-odatlari, tili va madaniyati saqlab qolinishi kerak degan fikrda. Shuningdek, deydi u, Xitoy hukumati fuqaro huquqlarini hurmat qilishi kerak.

Amerika Tibet mustaqil bo'lsin demaydi va bu mintaqani Xitoyning bir qismi deb biladi, deyiladi Oq Uy chiqargan bayonotda.