Prezident Obama musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi

  • Amerika Ovozi

Oq uyda har yili iftor o'tkaziladi

AQSh Prezidenti Barak Obama amerikalik musulmonlarni va dunyo bo'ylab islom diniga e'tiqod qiluvchilarni muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

"Yangi hilol muqaddas Ramazon oyini olib kelar ekan, Mishel va men AQShda va butun dunyo bo'ylab ro'za oyini nishonlayotgan barchaga o'zimizning eng iliq salomlarimizni yo'llaymiz", - dedi Obama Oq uy saytida e'lon qilingan bayonotida.

Ramazon e'tiqod, mehr-muhabbat va kechirish oyi, dedi AQSh rahbari.

Uning aytishicha, bu kunlar dunyo bo'ylab, xususan, AQShda musulmonlar ko'makka muhtoj insonlarga, turli nizo va ixtiloflarda aziyat chekkanlarga yordam qo'lini cho'zadi.

Amerika diniy jamiyatlarining rang-barangligi va vatanparvarligi, deydi Obama, davlatni yanada kuchli qiladi.

Obama o'z tabrigida, har yilgidek, bu safar ham Oq uyda musulmonlar sharafiga iftor dasturxoni yozilishini eslatib, unga amerikalik musulmonlarni taklif qilishini bildirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Ramazon oyi - muqaddas davr... Nyu-Yorkdan qori Saidmaqsudxon Muhammadxonov

Your browser doesn’t support HTML5

Nyu-Yorkdan o'zbek imom: Islom vatandoshlar hayotida muhim rol o'ynaydi - Navbahor Imamova