Barak Obama g'alaba nutqini so'zladi (video)

  • Amerika Ovozi

'Yan wasan Manchester City rike da kofi

Chikagoda minglab amerikaliklar qarshisida, tele-ekranlar orqali esa butun dunyo oldida so'zlagan Barak Obama prezidentlikning yana bir muddatiga loyiq deb topilgani uchun xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Your browser doesn’t support HTML5

G'alaba va mag'lubiyat nutqlari - Obama va Romni/Navbahor Imamova


"Amerika erkinlikni har narsadan yuqori qo'yadi, ammo xalq sifatida biz birga yiqilamiz va birga turamiz. Amerika kuchi birdamlikda. Bugungi saylovda qatnashgan har bir yurtdoshimga rahmat deyman. Birinchi bor ovoz berdingizmi, soatlab navbatda turdingizmi, boshqalarni ovoz berishga undadingizmi, Obama yoki Romni tarafdorimisiz, eng muhimi siz yurt kelajagi uchun qayg'urasiz. Mana shu bizning eng bebaho qadriyatimiz".

Obama saylovdagi raqibi Mitt Romni bilan maslahatlashishga tayyor ekanini, Romnilar avlodi uzoq yillardan beri AQSh farovonligi uchun ter to'kib kelayotganini yuqori baholashini aytdi.

"Mening saylov kampaniyam - dunyo siyosiy tarixidagi eng usta targ'ibotchilar",- deya maqtadi u o'z xodimlarini.

Amerikaliklar tortishishni yaxshi ko'radi, dedi Obama, chunki fikr bor, g'oya bor.

"Lekin shuni ham unutmaylikki, dunyoning ko'plab davlatlarida odamlar shu erkinlik uchun jonini bermoqda, halok bo'lmoqda".

Amerika xavfdan xoli, harbiy jihatdan ustun, farovon, saxiy, mehribon, qalbi va dunyoqarashi keng, o'ziga ishonchi baland va boshqalar havas qiladigan jamiyat bo'lib qolishi kerak, dedi Obama.

AQSh har qanday ezgu niyat amalga oshadigan diyor bo'lib qolsin, dedi prezident, toki yosh avlod istagan sohasini egallasin, shu yurt ravnaqi uchun xizmat qilsin.

Prezident Obama oilasi bilan, 6-noyabr, Chikago

"Siz menga ovoz berdingizmi yoki yo'q, Oq Uyga yaxshiroq prezident bo'lib qaytaman, har bir amerikalik manfaati uchun kurashaman va sizning xizmatingizdaman",- dedi Obama.

"Amerika qudrati uning puli yoki armiyasida emas. Biz fuqaro erkin yashaydigan, mas'uliyat va huquqni birdek tushunadigan xalq ekanimiz uchun ham kuchlimiz".

Urushlar tugab, askarlar vatanga qaytib yangi hayot boshlaydi va amerikaliklar o'z oldilaridagi dolzarb muammolarni hal etishga kirishadi, dedi prezident.

"Umid ichimizdagi eng yengilmas kuch. U odamni kelajakka ishonchini saqlaydi. Shu sabab ham Amerika faqat oldinga intilishiga, yutuqqa erishishiga ishonchim komil".

Amerika shu zaminda yashayotgan hamma uchun birdek vatan, dedi Obama. Qay irq, elat, din va ijtimoiy guruh vakili bo'lmang, sizning ovozingiz va fikringiz katta ahamiyatga ega, dedi u yurtdoshlariga murojaat qilar ekan.

Your browser doesn’t support HTML5

Obama g'olib, Romni mag'lub/Obama's victory, Romney's concession


Obamaning g'alaba nutqi, original, ingliz tilida:

http://www.youtube.com/embed/nv9NwKAjmt0