Oklaxomani titratgan mash'um kun

  • Amerika Ovozi

1995-yilning 19-aprelida Oklaxoma shahrida hukumat binosi yonida mashina portlab, 168 odam nobud bo'lgan edi.

AQShning Oklaxoma shtatidagi portlashga 20 yil to'lmoqda.

1995-yilning 19-aprelida Oklaxoma shahrida hukumat binosi yonida mashina portlab, 168 odam nobud bo'lgan edi.

Qurbonlar orasida ayollar va bo'lalar bor edi. Bu voqea mamlakatda sodir etilgan mahalliy terrorizmning eng qonlisi deya ko'riladi.

Hukumatdan g'azablangan Timoti Makvey ikki tonna bomba solingan mashinasini portlatgan.

Xuruj shu qadar kuchli bo'lganki, federal binoning old qismi butunlay vayron bo'lgan.

Makvey 2001-yilda qatl etilgan. Unga yordam bergan Terri Lin Nikols hamon qamoqda.

Jeyms Makvey sud binosida