Pokistonlik nufuzli diniy peshvo vataniga qaytdi

  • Amerika Ovozi
Shu paytgacha Kanadada yashagan Tohir ul-Qodiriy Bosh vazir Navoz Sharifga qarshi inqilob boshida turmoqchi.
Pokistonlik diniy peshvo, shu paytgacha Kanadada yashagan Tohir ul-Qodiriy vataniga qaytgan.

U Bosh vazir Navoz Sharifga qarshi inqilob boshida turmoqchi.

Qodiriyning samolyoti avvaliga Islomobodda qo’nmoqchi bo’lgan, lekin uning tarafdorlari va politsiya o’rtasida to’qnashuvlar boshlanib ketgan.

Shu bois diniy yetakchining samolyoti Lohurga qo’ngan.

Tohir ul-Qodiriy mo’tadil qarashli diniy peshvo, Pokistonda unga ergashgan odamlar ko’p ekani aytiladi.

Tahlilchilar nazarida Pokiston armiyasida ham Qodiriyga xayrixohlik kuchli.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'oniston kelajagi, qo'shni davlatlar roli/Afghanistan's future