Amerikadagi muhojirlar qochoqlarga yordam bermoqda

  • Amerika Ovozi

AQShda qochoqlarni qabul qilish - qizg'in siyosiy bahs mavzusi. Bu narsa ko'plab amerikaliklarni muhojirlarga yordam berishdan to'sayotgani yo'q. Merilend shtatida yangi kelgan muhojirlarga komak ko'rsatayotganlarning o'zlari ham bir paytlar immigrant bo'lgan.

11 yoshli Sahar oila a'zolari bilan Efiopiyadan kelgan muhojirlarga atalgan kvartirani jihozlashga yordam beryapti.

"Yordam berish uchun keldim, xursandman", - deydi u.

Sahar va uning oilasi ham Afg'onistondan. Bir necha oy avval kelishganda, ular yashaydigan uyni ham boshqalar jihozlab bergan edi.

Amerikadan ko'rgan yaxshiligimizni endi boshqalarga ham ulashmoqchimiz, deydi ko'ngillilar.

"Kelganimda xijolat bo'lgandim. Hozir yordam berayotganimdan mamnunman, chunki bu davr qiyin ekanini bilaman", - deydi ko'ngillilardan biri.

Your browser doesn’t support HTML5

Qochqinlarga yordam berayotgan qochqinlar

Qochoqlarga yordam berish dasturi "Kindworks" nodavlat tashkiloti tomonidan yo'lga qo'yildi.

"Biz qochoqlarni joylashtirish agentliklari bilan ishlaymiz. Qaysi oila qachon kelayotganini ular orqali bilamiz. Keyin yordam so'rab a'zolarimizga murojaat qilamiz", - deydi tashkilot vakili Salma Hasan Ali.

Tashkilot orqali hozirgacha Afg'oniston, Suriya va boshqa davlatlardan kelgan muhojirlar uchun 17 ta uy jihozlandi.

"Amerikaliklarning mehr-muhabbati va qiziqishini uyg'ota oldik. Ular qochoqlarning yaxshi kutib olinishini xohlashadi", - deydi tashkilotchilardan biri.

Ko'ngillilar yordami bilan tayyorlangan yana bir kvartira bir necha kundan keyin keladigan oilani kutib turibdi.