AQSh qimmatbaho qog'ozlar bozorining yuragi bo'lmish Uoll-Stritda qator banklar Rossiya qarzini pullay boshlagan. G'arbda "zaharli" deya qaralgan bu obligatsiyalarni yana bozorga chiqarish Vashingtondan bu borada ruxsat tekkanidan darak.
Iyun oyida Amerika va Yevropa banklari bu qog'ozlarni chetga uloqtirgan, chunki AQSh Moliya vazirligi mamlakat sarmoyadorlariga ularni xarid qilishni man etgan edi. Bu chora Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bir qismi deya tushuntirilgan.
Shundan beri bu masala vazirlikda ancha muhokama qilingan va hozirga kelib, ayrim yirik banklar Bayden ma'muriyatini Rossiya qarzlarni pullash to'g'ri yo'l ekaniga ishontira olgan.
"JPMorgan Chase & Co JPM.N", "Bank of America Corp BAC.N", "Citigroup Inc C.N", "Deutsche Bank AG DBKGn.DE", "Barclays Plc BARC.L" va "Jefferies Financial Group Inc JEF.N" shular jumlasidan.
Buni ham ko'ring O'zbekiston firmasi Rossiyaga harbiy yordam berganlikda ayblanib, AQSh qora ro'yxatidaBanklar bugungi siyosatini hozircha izohlamagan, ammo mavjud talablar ostida va murakkab sharoitda ehtiyotkorlik bilan ish ko'rayotganini bildirmoqda.
Har bir savdo muayyan reja asosida olib boriladi va gap yalpi xaridlar haqida ketmayapti.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin uning 40 milliard dollarga yaqin obligatsiyalari bor edi. Deyarli yarmi chet eldagi banklarda bo'lgan. Fevral oyi oxirida urush boshlangach, bu qog'ozlarning savdosi tushib, sarmoyadorlar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.
May oyida AQSh qonunchilari "JPMorgan" va "Goldman Sachs Group Inc GS.N" dan bu borada axborot talab qilgan va ularni sanksiyalar haqida ogohlantirgan.
Oradan bir oy o'tib, Amerika hukumati Rossiya obligatsiyalari sotilmasin, deya taqiq qo'ydi. Shundan beri istisno hollarda imkon berish xususida fikr almashilgan.
Moliya vazirligiga ko'ra, maqsad - amerikalik investorlarni qutqarish va ularning manfaati qil ustida bo'lgan hollardagina sotuv va xarid uchun yo'l ochish.
Yevropada ham shunday qadamlar tashlanmoqda. Har bir holat alohida elakdan o'tkazilmoqda. Oxirgi bir necha kunda Rossiyada qimmatbaho qog'ozlarining bahosi ko'tarilgan.
Buni ham ko'ring Zelenskiy Rossiyani "yadroviy terror"da ayblamoqdaAyrim banklar Rossiyaning milliy va korporativ obligatsiyalarini sotish xizmatini ko'rsatayotgan bo'lsa, boshqalar ularni rubl va dollarda pullashda ko'maklashmoqda. Mijozlardan oldingiga qaraganda ko'proq hujjatlar talab qilinadi.
“Bank of America" mijozlarga yangi qoidalarni e'lon qilar ekan, cheklovlar ko'p ekani, ammo uning tizimi xaridorlar bilan ishlashga tayyor ekanini bildirgan.
Moliyaviy tahlilchilarga ko'ra, Rossiya bilan bog'liq har qanday qimmatbaho qog'oz zararli degan qarash hamon kuchli. Bu qog'ozlardan qutulishga harakat qilayotganlar talay.
Bozorga chiqqan narsaning taqdiri - bozorda yurganlarning qo'lida, deydi ular.
Banklar mijozlardan savdo oxirigacha yetkazilmagan taqdirda nima qilish zarurligi haqida ham tilxatlar so'ramoqda, chunki Rossiyaga tegishli obligatsiyalarni ushlab turishni hech kim xohlamaydi.