Nyu-York meriga zaharli xatlar kelgan

  • Amerika Ovozi

Mer Maykl Blumbergga yuborilgan bu maktublarda uning noqonuniy qurolga qarshi kampaniyasi qoralangani aytiladi.

AQShning Nyu-York shahar meri Maykl Blumberg idorasiga zahar solingan ikki xat jo’natilgan.

Ichidan ritsin kukuni topilgan va rasmiyga qarshi tahdidli murojaat bitilgan ularda.

Nnomalardan biri kecha Nyu-York pochtaxonasida, yakshanba kuni esa Vashingtonda, Blumberg asos solgan Noqonuniy qurollarga qarshi nodavlat guruh idorasida ochilgan.

Nyu-York meri bu voqea bizni g’ayriqonuniy qurol-aslahaga qarshi kurashdan qaytara olmaydi, deydi.

“Joriy yilning o’zida bu qurollar minglab odamlarning hayotiga zomin bo’ladi, yana minglar o’z joniga qasd qiladi. Shunday ekan, kurashdan qaytish yo’q”, - deydi Blumberg.

Ritsin moddasi nafas olishni qiyinlashtiradi, odamni qayt qilishga majbur qiladi va zaharlanish o’limga yetaklashi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Nyu-Yorkda noqonuniy qurol savdosi jiddiy muammo/NYC GUNS