Rio 2016: O'zbekiston 2 medal bilan 26-o'rinda bormoqda

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston jamoasi Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida, 5-avgust, 2016-yil.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan yozgi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston hozircha 2 bronza medalini qo'lga kiritdi. Dzyudo bo'yicha Diyorbek Urozboyev va Rishod Sobirov ikki vazn toifasida bellashib, uchinchi o'rinni egallagan.

Musobaqaning to'rtinchi kuni hisob-kitobiga ko'ra, O'zbekiston medallar soni bo'yicha jami davlatlar orasida 26-o'rinda bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yaxshi ko'rsatkich Qozog'istonga tegishli. Bu o'lka sportchilari hozirgacha 4 medal bilan ro'yxatning 12-o'rnini band etgan. Qozog'istonliklar 1 kumush va 3 bronza medaliga ega bo'lib turibdi.

Barcha musobaqalarda qo'lga kiritilgan oltin medallar soni bo'yicha davlatlar xaritasi:

​Ayni paytda O'zbekistonning bir qator sportchilari musobaqani davom ettirmoqda. Boks bo‘yicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboev ikkinchi jangida britaniyalik Yozef Kordinani yengib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Boks bo'yicha o'zbekistonliklarning yana medal qolga kiritshi umid qilinmoqda.

Barcha mamlakatlar orasida eng ko'p medalga egalik qilish bo'yicha AQSh peshqadamlik qilmqoda. Bu mamlakat ixtiyorida hozirgacha 7 oltin, 8 kumush va 8 bronza, jami 23 medal bor. Ikkinchi o'rinda 17 medal bilan Xitoy bormoqda. Xitoylik sportchilar shu kungacha 8 oltin, 3 kumush va 6 bronza medalini qo'lga kiritgan. Uchinchi o'rinda esa 3 oltin va 9 bronza medali bilan Yaponiya bormoqda.

2016-yilgi musobaqada qo'lga kiritilgan medallar soni bo'yicha davlatlar ro'yxati: