Prezident Medvedev siyosiy islohotlar taklif etmoqda

  • Amerika Ovozi

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev

Rossiyada minglab fuqaro saylov natijalariga qarshi namoyish qilgach, prezident Dmitriy Medvedev siyosiy islohotlar taklif qilmoqda.

Uning aytishicha, shunday tizim yaratilishi kerakki, har bir fuqaroda unda ishtirok etishga imkoniyat bo'lsin va chetdan aralashuvga yo'l qo'yilmasin.

Medvedev siyosiy partiyalarni ro'yxatga olish talablarini yengillashtirishni, gubernatorlarni hozirgiday tayinlash emas, saylashni ham taklif qilmoqda. Biroq bu holda gubernatorlikka nomzodlar Kreml tasdig'idan o'tishi kerak bo'ladi.

Prezident Medvedev va Bosh vazir Vladimir Putin 4-dekabrda o'tgan parlament saylovlarini qayta o'tkazish talablarini rad etdi.

Putin martga belgilangan prezident saylovlarida uchastkalarda nazorat video kameralarini o'rnatishni taklif qilmoqda.