Xelsinki komissiyasi: Rossiyada mustaqil jurnalistika tazyiq ostida

  • Amerika Ovozi

Xelsinki komissiyasi hisoboti

Kremlning 2016-yilgi AQSh saylovlariga aralashgani yuzasidan tergov davom etayotgan bir paytda Rossiyada mustaqil OAV va jurnalistlarga bosim kuchaygani ham xavotir bilan tilga olinmoqda.

Yevropada demokratiya va inson huquqlarini kuzatuvchi AQSh Xelsinki komissiyasi a’zolari Kongressda qonunchilar bilan shu haqda gaplashdi. Ularga ko’ra, Rossiya va boshqa sobiq sovet o’lkalarida jurnalistlar yuzlashayotgan tahdid ko’lami oshib bormoqda.

Qonunchi Stiv Chabotning aytishicha, Putinning tanqidchilari ovozini o’chirishga qaratilgan strategiyasini jilovlash uchun Rossiya ichida kuchli va mustaqil matbuotni qo’llab-quvvatlash muhim.

“Putin nazorat qilishga urinayotgan aholiga Amerika demokratiyasini taqdim etish orqali mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratdik. Bu esa mustaqil jurnalistikani rivojlantirishga hissa qo’shadi”, - dedi u.

“Amerika Ovozi” direktori Amanda Bennet agentlikning Moskvadagi byurosi boshidan shunday tazyiqlarga duchor bo’lganini aytadi.

“Amerika Ovozi”ning Rus xizmati 1947-yildan beri faoliyat yuritadi. Tahdidlar biz uchun yangilik emas. Ammo so’nggi yillarda rossiyaliklar tomonidan tazyiqlar, byurokratik to’sqinliklar hamda “Amerika Ovozi” jurnalistikasini ommaga yomonotliq qilish kabi holatlar kuchaydi”, - deydi u.