Putin xalqni birdamlikka chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Moskva, 11-mart 2012

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin minglab fuqarolarni namoyishga yetaklagan siyosiy ziddiyatni yengishga va birlashishga undamoqda.

Rossiya xalqi hayotini yaxshilash – har bir partiyaning vazifasi va bu yo’lda yakdil harakat qilmoq lozim, dedi u.

Putin parlament quyi palatasi, Dumada bosh vazir sifatida oxirgi bor so’zlashi. 7-may kuni u prezidentlikka qasamyod keltirishi kutilmoqda.

Majlis paytida “Spravedlivaya Rossiya” – “Adolatli Rossiya” partiyasi Putindan Astraxan shahridagi merlik saylovlari borasida izoh so’ragan. Muxolifat nazarida jarayon soxtalashtirilgan va Kremlga xayrixoh nomzod foydasiga hal qilingan. Bundan norozi oppozitsiya vakillari mana bir necha kundirki ochlik e’lon qilgan.

Vladimir Putin mahalliy saylovlarga aralashishga haqqi yo’qligini va shikoyatlarni sudga yo’llashni maslahat bergach, “Spravedlivaya Rossiya” fraksiyasi vakillari Duma majlisini namoyishkorona tark etgan.