Suriyada hayitda sulhga erishish umidi so’nib bormoqda

  • Amerika Ovozi
Suriyada armiya va muxolifat o’rtasida qonli janglar bugun ham davom etar ekan, hayitda sulhga erishish umidi so’nib bormoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 23-oktabr, 2012-yil


Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti deydiki, tunda shimoldagi Halab shahri havodan bombardimon qilingan.

Suriyaning yana bir necha tumanida shiddatli to’qnashuvlar tinmayapti. Halab va Damashq yaqinidagi olishuvlar uch isyonchini hayotdan olib ketgan, deya bildiradi faollar.

BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha elchisi Laxdar Braximiy shu hafta Iyd al-Adha munosabati bilan otishmani to’xtatishga chaqirib, ham hukumat, ham muxolifatga bot-bot murojaat qildi. Umidni uzmaslik kerak, deydi Arab Ligasi bosh kotibi muovini Ahmad Bin Halli.

Sulh kuchga kirgan taqdirda BMT tinchlikparvar qo’shinlari mamlakatga qaytadimi? Necha kishi safarbar etiladi? Bu haqda gapirishga hali erta, deydi tashkilot rasmiylari.

Suriyaning yirik oppozitsiyasi sulhni shubha ostiga oladi, chunki uning shartlari o’ta mavhum. Isyonchilar qurolini vaqtincha tashlashga rozi, lekin hukumat bitimga qat’iy amal qilishiga ishonmaymiz, deydi muxolif Suriya milliy kengashi vakillari.

Bundan tashqari, ular nazarida Braximiyning qo’lida vaziyatni nazorat qilish, yo’naltirish uchun konkret mexanizm yo’q.

Bugun prezident Bashar al-Assad amnistiya e’lon qilib, 23-oktabrdan oldin jinoyat sodir etgan odamlarni avf etgan. Qo’zg’olon boshidan beri rasmiy Damashq bir necha bor amnistiyani qo’lladi, lekin qotillik sodir etganlar unga tushmadi.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1531720&w=640&h=506&skin=embeded