Rossiya Bashar al-Assadga boshpana beradimi?

  • Amerika Ovozi

Sergey Lavrov, Rossiya Tashqi ishlar vaziri

Rossiya hukumati Suriya prezidenti Bashar al-Assadga boshpana berish borasida og'iz ochmayapti, lekin Fransiya rasmiylari bu oydek ravshan deydi.

Bu davlat Tashqi ishlar vaziri Loren Fabiusning aytishicha, Moskvada jiddiy harakatlar ketmoqda. Muzokaralarda AQSh va Fransiya ham ishtirok etmoqda, shuningdek BMT maxsus vakili Kofi Annan.

Parijda mahalliy radioga intervyu bergan Fabius fikricha, Rossiya Bashar al-Assad emas, Suriya kelajagi haqida o'ylayotgani ayon. Moskva nazarida Assad shafqatsiz diktator, deydi Fransiya diplomati.

Suriya rahbari Bashar al-Assad

Kremlning asosiy xavotiri Suriyada Assaddan keyin nima bo'lishi, uning o'rniga kim kelishi, deydi Fabius.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G'arbda yangrayotgan bu mulohazalar g'irt safsata deydi.

"France 24" telekanaliga bergan intervyusida Lavrov Bashar al-Assadga boshpana berish xususida hech kim og'iz ochgani yo'q dedi. Na BMT bilan hamkorlikda va na boshqalar bilan, deydi u.

Fransiya Suriyadagi muxolif kuchlarga qurol-aslaha uzatmaslikka qaror qilgan, chunki bu zo'ravonliklarning avj olishi uchun xizmat qiladi, deydi Tashqi ishlar vaziri Fabius.

Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan guruhlarga faqat aloqa vositalari berilmoqda, deydi diplomat.

Your browser doesn’t support HTML5

Bashar al-Assad murosaga bormaydi, deydi tahlilchilar/Syria Assad Violence