Xalqaro hisobot: "Tojikistonda ekstremizm tahdidi yuqori"

  • Amerika Ovozi

Xalqaro hisobot: "Tojikistonda ekstremizm tahdidi yuqori"

Xalqaro miqyosda inqirozlarni o'rganuvchi guruh hisobotiga ko'ra, Tojikistonda ichki va tashqi ekstremistik kuchlar tahdidi oshib bormoqda.

Respublika ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy tomondan zaif. Bu va notinch Afg'oniston bilan salkam 1300 kilometrlik yaxshi himoyalanmagan chegara sabab Tojikiston tashqi tahdidga bas kela olmaydi, deyiladi hisobotda.

"Tojikiston hukumati aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga ojiz, bu esa ichki ziddiyatlar va arab dunyosidagi kabi g'alayonlar ehtimolini kuchaytirmoqda. Vaziyatni nazoratdan chiqarish uchun kichik mojaroning o'zi kifoya", deyiladi hujjatda.