Parlament ma'qullasa, Tojikiston turmalari 50 foizga bo'shaydi

  • Amerika Ovozi

Emomali Rahmon mahbuslarni avf etishga tayyor

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublika mustaqilligining 20 yilligi arafasida amnistiya e'lon qilib, 15 ming insonni qamoqdan ozod etmoqchi.

Parlament qarorni ma'qullasa, Tojikiston turmalari qariyb 50 foizga bo'shaydi.

Asosan yengil jinoyatlar bilan qamalganlar, 1997-1998 yillarda hukumatga qarshi qurolli isyonda qatnashganlar, jazo muddatining 75 foizini o'tab bo'lgan shaxslar, nogiron, balog'at yoshiga yetmagan, urushlarda xizmat qilgan, kasalmand yoki armiyadan qochgan jinoyatchilar amnistiyaga tushishi aytilmoqda.

1991-yildan beri Tojikistonda 12 bor amnistiya qo'llangan. So'nggisi 2009-yilda bo'lib, o'shanda 10 mingga yaqin odam erkinlikka chiqqan edi.