Xo'jandda nazm va navo kechasi, fotosuratlarda

O'zbek ijodkorlari bilan uchrashuvga o'qituvchilar boshlang'ich sinf o'quvchilarini ham olib kelishdi

O'zbeklarning ijodiy kechasi oldidan zalda mahalliy televideniye operatori ishga hozirlik ko'rmoqda

O'zbek ijodkorlaridan yoshlar qo'shiq kuylaganda ishtirokchilar raqsga tushib ketishdi

O'zbek ijodkorlarining nazm va navo kechasi yosh tojik shoir va yozuvchilariga manzur bo'ldi

Nazm va Navo kechasiga tashrif buyurgan maktab o'quvchilari

Istravshanlik tajribali o'qituchi, maorif a'lochisi yosh ijodkorlar kitobiga muharirlik qiladi

Yoshlar ijodkorlarga savollarni yo'ldanoq hozirlab kelishadi

Yosh o'zbek raqqosasi sahnaga chiqishdan oldin

Tojikistonda o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi chop etayotgan gazeta va jurnallarni mushtariylar qo'ldan qo'ysihmaydi

Tojik shoiri Ozaraxsh o'z she'rigan qo'shiq kuylamoqda

So'g'dning keksa o'zbek shoirlari ham yoshlardan qolishmaydi, gazetani haligacha ko'z oynaksiz o'qishadi

Sug'd viloyat hukumatining o'zbekcha nashri - "Su'g'd haqiqati" gazetasi Bosh muharriri, yosh ijodkor Farhod Jo'rayev fotomuxbirni tezroq ishlashga shoshirmoqda

Sug'd ijodkorlari Nazm va Navo kechasidan so'ng

Shoira va yozuvchi Munavvara Oymatova Tojikiston televideniyesiga intevyu bermoqda

Shoira Munira va klassik qo'shiqlar ustasi Nasibaning suhbati juda qiziqarli o'tayotgan ko'rinadi

Shoira Munavvara va yosh ijodkor Nasima

Shoir va o'qituvchi Orif G'ofur va hajv ustasi Egamnazar Sohibnazarovlar ijodiy kechada uchrashdilar.

Shoir Dilmurod Hojimurodov O'zbekistonda o'tkazilgan qator konkusrlarda sovrinlarga sazovor bo'lgan

Shahmaqom ansamblining yetakchi solistlaridan, o'zbek xonandasi Nasiba Uzoqova sahnaga chiqsa zal suv quygandek jim bo'ladi

Sahnada o'zbek shoirasi Soliha o'z ijodidan namunalar o'qimoqda

Sahnada o'zbek san'atkori

Sahnada o'tayotgan qiziqarli chiqishlarni yoshlar xotira uchun videoga tushirishadi

Qir'g'izistonning Batkent viloyatidan tashrif buyurgan o'zbek baxshi shoiri Ilash To'ychi Turkiston tarixi haqida kuylamoqda