Uydan ishlashga imkon berayotgan texnologiyalar

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Koronavirus pandemiyasi Amerikada millionlab odamlarni uydan ishlashga majbur qildi. Hamkasblar bilan aloqada bo’lib, vazifani bajarish uchun texnologiya har qachongidan zarur.

San-Fransisko shahri bo’m-bo’sh. Koronavirus tarqalishini bartaraf etish uchun ishchilar uyda. Kaliforniya virusni yuqtirganlar soni bo’yicha AQShda uchinchi o’rinda.

Ammo ishni uydan bajarishga imkon beradigan texnologiyalar ko’p.

Kommunikatsiya dasturlarini yaratuvchi “Range” kompaniyasida xodimlar masofadan ishlashga harakat qilmoqda. Oson emas, deydi kompaniya asoschisi Breyden Kovits.

“Odamlar uydan ishlaganda, ham kommunikatsiya nuqtai nazaridan, ham madaniy jihatdan uzilib qoladi”, - deydi u.

Buni bartaraf etish uchun xodimlarning kundalik onlayn daftari bor, hamma bir-birining rejasidan xabardor. His-tuyg’ularini emojilar orqali ifoda etishadi. Video-chat orqali birgalikda tushlik qilishadi.

Ko’pchilik duch keladigan yana bir muammo - videokonferensiya orqali majlis qilganda kim birinchi gapiradi? Bunga ham yechim topishdi.

“Onlayn barabanni aylantirib, kim so’zlashini tasodifan tanlaymiz. Bu usul konferensiyani adolatli qilishga yordam beradi. Ovozingiz baland ekani yoki uyingizda vay-fay kuchli ekani sizga ustunlik bermasligi kerak”, - deydi kompaniya xodimi Jennifer Denard.

Bu kabi texnologik vositalar odamlarga pandemiya paytida uydan ishlashga yordam bermoqda.