Amerika mash'um kunni xotirlayapti

  • Amerika Ovozi
Amerika 2001-yil, 11-sentabr fojeasini xotirlar ekan, Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada maxsus marosimlar o’tayapti.

Al-Qoida amalga oshirgan bu terror hujumlari qariyb uch ming odamni hayotdan olib ketgan edi. Nyu-Yorkda Jahon savdo markazi nishonga olingan yerda marhumlarning oilalari va yaqinlari yig’ildi.

Vashingtonda esa prezident Obama va boshqa rasmiylar marhumlarni bir daqiqalik sukut bilan esladi. Pensilvaniyada, Kapitoliyni nishonga olishi rejalangan samolyotni to’xtatib qolgan 33 yo’lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi xotirlandi.

Bugun, shuningdek, terrorchilar AQShning Liviyadagi konsulligiga hujum qilganiga bir yil bo’ldi. O’sha mash’um kun Bing’ozidagi vakolatxonada elchi Kristofer Stivens va yana uch amerikalik halok bo’lgan edi.

11-sentabr xurujiga 12 yil to'ldi

Your browser doesn’t support HTML5

2001-yilda beri Amerika razvedka tizimida ulkan o'zgarishlar/Terror Intel