Tillerson: NATOdagi ittifoqchilar mudofaa xajaratlarini oshirsin

  • Amerika Ovozi

Elderly women wearing protective face masks sit at a nursing home in Hong Kong.

Amerika bosh diplomati Reks Tillerson Bryusselda NATOdagi ittifoqchilar bilan uchrashib, mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qilgan.

Davlat kotibining aytishicha, Iroq va Suriya kabi hududlarda harbiy vazifalarni ado etish uchun alyans zaxiralarni ayamasligi kerak. U, shuningdek, hamkorlar bilan Rossiyaning Ukrainadagi agressiv xatti-harakatlarini muhokama qilgan.

Tillerson Bryusselda uch muhim masalani muhokama qilmoqchi ekanini aytadi: NATO zaxiralarini oshirish, terrorizmga qarshi kurash va Rossiyaning Ukrainadagi, umuman Sharqiy Yevropadagi xatti-harakatlariga qarshi javob choralarini ko'rish.

Moskvaga nisbatan aytilgan bu so'zlar Tramp ma'muriyatining yanvarda ishga kelganidan beri qilgan eng keskin bayonotlaridan.

Tillerson bir kun oldin Turkiyada bo'lib, Prezident Rajab Toyib Erdog'an va boshqalar bilan ko'rishgan, Anqaraning "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurashdagi ahamiyatini alohida eslatgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 31-mart, 2017-yil