AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi "eng og'ir" sanksiyalarni qo'ydi

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga qarshi "eng og'ir" sanksiyalarni joriy etdi. Bu galgi jazo choralari Shimoliy Koreya, Xitoy, Tayvan va Tanzaniyaga qarashli 50 dan ziyod kema va transport kompaniyalariga qaratilgan.

Yadro qurollari va ballistik raketalarini sinab kelayotgan Pxenyan shundoq ham kuchli bosim ostida. Vashingtonga ko'ra, yangi sanksiyalar uni oz sonli daromad manbalaridan ham ayiradi.

"Bosimni oshiraveramiz. Shimoliy Koreya rejimi uchun qurolsizlanishdan boshqa yo'l yo'q", - deydi AQSh rasmiylari.

Shimol bilan maxfiy tijoriy aloqalarga ega 27 kompaniya va 28 kema qora ro'yxatda. AQSh qarori ikki Koreya orasida munosabatlar biroz iliqlashgan davrga to'g'ri kelmoqda.

Bugun Seulda AQSh delegatsiyasini qabul qilgan Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In qishki Olimpiya o'yinlarida Janubiy Koreya sportchilarining ishtirokini olqishladi. Qo'shnimiz bilan dialog yarimorolda keskinlikni pasaytiradi, deydi u. Mun Jey Inga ko'ra, ikki Koreya aloqalari iliqlashganida Prezident Donald Trampning hissasi bor.

O'yinlarning yopilishi marosimida Pxenyandan oliy darajadagi delegatsiya ham qatnashadi. AQSh rasmiylari bilan uchrashuv rejalanmagan.

Muzokaraga ochiqmiz, lekin diplomatik va iqisodiy jabhada bosimni oshiraveramiz, deydi amerikalik rasmiylar.