Turkiyadagi portlashda kamida 11 kishi halok bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Seshanba kuni ertalab Istanbulning markaziy qismida bomba portlab, kamida o'n bir odam, jumladan, yetti politsiyachi o’lgan, 36 kishi jarohat olgan.

Voqea Veznechiler tumanida, Istanbul universiteti hamda sayyohlar ko'p keladigan Boyazid maydoni yaqinida sodir bo’ldi. Portlovchi modda solingan avtomobil politsiyachilar ketayotgan avtobus yonida portlatilgan.

Xuruj kimning ishi ekani ma’lum emas, ammo so’nggi paytlarda Turkiyadagi qator hujumlarga "Islomiy davlat" jangari guruhi qo’l urgan. Mamlakat janubi-sharqida kengroq muxtoriyat uchun kurashib kelayotgan Kurdiston ishchilar partiyasi ham harbiylar va politsiyachilarni nishonga olib keladi.

Kurdiston ishchilar partiyasi Turkiyada, xususan, dunyoning ko'plab mamlakatlarida, jumladan, AQShda terrorchi guruh sifatida qayd etilgan.

Istanbulda yana bir xuruj