"Islomiy davlat" 49 turkni ozod etgan

  • Amerika Ovozi

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Dovuto'g'li Anqarada sobiq mahbuslar bilan, 20-sentabr, 2014

Turkiyada inson huquqlari tashkilotlari kuzatishicha, 300 dan ortiq kurd Suriyaga kirib, elatdoshlarini “Islomiy jihod” changalidan himoya qilish maqsadida, jangari guruhlar safiga qo’shilmoqda.

Bu guruhlar esa nafaqat “Islomiy jihod” balki Bashar al-Assad hukumatiga qarshi kurashmoqda. Aholi tashlab chiqib ketgan hududlar hozir “Islomiy davlat” qo’lida.

Iyun oyida bu tizim 49 turkni garovga olgan edi. Bugun ular qo’yib yuborilgan va vataniga qaytgan.

Diplomatlar, askarlar va bolalardan iborat jamoani qutqarish uchun Turkiya ekstremistlarga pul berdimi? Bu noma’lum.

Bosh vazir Ahmet Dovuto’g’li deydiki, ularning ozod etilishi - turk razvedkasi mahsuli.

Turkiya hozircha AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga, “Islomiy davlat” ga qarshi strategiya asosida kurashishga tayyor davlatlar qatoriga qo’shilmagan.