AQSh-Afg'oniston: kelasi ikki yil haqida muloqot

  • Amerika Ovozi

AQSh va afg'on rasmiylari Afg'onistondagi xavfsizlik va terrorizm yuzasidan gaplashib oldi.

AQSh prezidenti maslahatchisi, ichki xavfsizlik va terrorizm bo'yicha yordamchi Liza Monako Afg'onistonda uch kun bo'lib, mahalliy rasmiylar bilan keyingi ikki yilgi vazifalarni muhokama qildi.

Monako xonim prezident Ashraf G'ani bilan ham uchrashib, Qo'shma Shtatlarning kelajakda rasmiy Kobulga xavfsizlik bo'yicha berishi mumkin bo'lgan yordami xususida so'zlashdi.

Afg'onistonda hanuz bir necha ming amerikalik askar mavjud bo'lib, ular, asosan, mahalliy askarlarni tayyorgarlikdan o'tkazish va maslahatchilik missiyalarini bajarmoqda.

Monako xonim, shuningdek, mamlakat bo'ylab safarida harbiy va fuqaroviy yetakchilar hamda bazalardagi askarlar bilan ko'rishdi.

"Al-Qoida" va boshqa jangari guruhlarning qoldiqlariga qarshi kurash strategiyasi xususida gap ketdi.