Xitoy: Amerikaning diniy erkinlik yuzasidan hisoboti - g'irt safsata

  • Amerika Ovozi

Qashg'ardagi masjidlardan birida

Bu hafta AQSh Davlat departamenti e’tiqod erkinligi yuzasidan yillik xalqaro hisobot chiqarib, Xitoy va yana yetti davlatni uzviy huquqlarini muntazam ravishda buziladigan, alohida tashvishga molik mamlakatlar deya atagan edi.

Bunday tanqid ilk bor yangrayotgani yo’q. Xitoy qatorida O’zbekiston, Saudiya Arabistoni, Sudan, Eritreya, Shimoliy Koreya, Eron va Birma bu hisobotni qoralab, Amerikani ularning mentaliteti va madaniyatini tushunmaganlikda, ichki siyosatiga aralashayotganlikda ayblab keladi.

Uyg'urlar Xitoy hukumatini zulmda ayblaydi

Bu safargi hisobot, Xitoy diniy idoralari nazarida, g’irt safsata. Xitoyda diniy erkinliklarni kafolatlovchi qonunlar talay va bu qonunlarni buzmagan shaxslarga hech kim tegmaydi, deyiladi “Sinxua” axborot agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Davlat kotibasi Xillari Klinton hisobotni taqdim etarkan, Xitoyni Tibetda buddistlar, Shinjonda esa uyg’urlar, musulmon aholini ezayotganlikda tanqid qilgan edi. Rasmiy Pekin buni rad etmoqda.

http://www.youtube.com/embed/FQjdLYQrueQ