AQSh: Janubiy Koreyadagi mudofaa tizimi Xitoyga qarshi emas

  • Amerika Ovozi

AQSh harbiylari Janubiy Koreyaga o'rnatilayotgan raketaga qarshi mudofaa tizimi Pekinni nishonga olmasligini aytmoqda.

AQSh va Janubiy Koreya Seulda yuqori darajali mudofaa tizimini qurishga kelishib oldi. U Shimoliy Koreyadan keladigan ehtimoliy yadro qurollarini yo'q qilishga qaratilgan.

Ammo bu qaror Xitoyda norozilik bilan qarshi olindi. Pekin e'tiroziga ko'ra, undan Xitoy raketalarini kuzatish maqsad qilingan bo'lishi mumkin.

AQSh generali Mark Milli 16-avgust kuni Xitoy generali Li Zuchen bilan uchrashib, bunday xavotirlar asossiz ekanini aytdi.

Generalning Xitoyga tashrifi o'tgan oy Xalqaro hakamlik sudi Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi da'volariga qarshi hukm chiqarishi ortidan kuzatilmoqda. Sud qarori va Janubiy Koreyada raketaga qarshi mudofaa tizimini qurish haqidagi kelishuv AQSh va Xitoy munosabatlarini yanada beqarorlashtirishi kutilyapti.